Termiz davlat universitetida shoirlar, yozuvchilar bilan ko‘plab ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishi talabalarni adabiyotga va she’riyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Ana shunday ijodiy uchrashuvlardan biri bugun universitetning Axborot texnologiyalari fakultetida "Do'stlik" ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom bilan tashkil etildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev mazkur ijodiy tadbirnini ochib berar ekan, shoirning ijodi haqida talabalarga ma’lumot berib o‘tdi.
Qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda talabalar shoir Shodmonqul Salom va uning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shoir suhbat jarayonida o‘zining ijod maydonidagi ilk qadamlari xususida to‘xtalib, bunda ustozlarining nechog‘lik beqiyos o‘rni borligini ta’kidlab o‘tdi.
Ijodkor o‘zi haqidagi ba’zi xotiralar bilan o‘rtoqlashar ekan, o‘zbek xalqining o‘lmas namoyondalaridan Shukur Xolmirzayev, Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov va Usmon Azimning ijodiy mevalari haqida to‘lqinlanib so‘zladi hamda o‘zining qaynoq she’rlari bilan yigit-qizlarni mamnun qildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan shoirga murojaat qildilar va yetarlicha javob oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting!