Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi bo‘yicha Talabalar sport ligalari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida 13-sentabr — 23-dekabr kunlari tashkil etiladigan "Talabalar ligasi" va "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi musobaqalarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ochilish marosimida universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov so'zga chiqib, bugungi kunda yoshlarning iqtidorini rivojlantirish va ularni munosib rag'batlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtalib o'tdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.
Shundan so'ng, iqtidorli talabalar tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladi.
Bizni kuzatishda davom eting!