Hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o'tgan o'quv yili mobaynida oliygohda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o’tkazildi. Unda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo’lim boshlig’i F.Sultonov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov hamda fakultet yetakchilari ishtirok etdi. 

Yig‘ilish davomida oliygohda Yoshlar yetakchisi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo’lim boshlig’i F.Sultonov tomonidan yoshlar yetakchisiga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, universitetda yoshlar masalasiga doir ishlar bilan ham tanishildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 28

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 41

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 28

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil