Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan bo’lishdi.

Termiz davlat universitetida Bandixon tumanidagi "Xo'jaipok Toshkent" qo'shma korxonasi bosh direktori, tadbirkor Tojimurod Ergashev bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda Rus va qardosh tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor P.Bakirov, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig'i A.Abdurahmonov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirkor talabalarga kasbiy faoliyati, ilk qadamlari, yoʻlida uchragan qiyinchiliklar, muvaffaqiyatlar va kelajakdagi rejalari haqida soʻzladi. Muloqot chogʻida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, moliya, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarga aloqador dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. T.Ergashev talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.  

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 28

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 41

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 28

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil