Uchrashuv

Bugun Termiz davlat universitetida dzyudo bo’yicha olimpiada ishtirokchisi Hikmatullo To’rayev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Mehmonlar qatoridan Surxondaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig’i Bekzod To’raboyev ham o’rin oldi.

Tadbirda sportchi bosib o’tgan mashaqqatli yo’l, mashg’ulot jarayonlari, orzu va maqsadlari haqida so’zlab berdi. Chempionning “Master klass” o’tib bergani esa talabalarga unutilmas onlarni hadiya etdi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Sportni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shayotgan iste’dodli talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 28

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 41

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 28

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil