Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida "Ayol qismati" nomli badiiy film namoyish etildi. Filmda yot g’oyalar ta’siriga tushgan holda xorijga ketgan ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.
Filmga badiiy sayqal berilgan bo‘lsada undagi personajlar oramizdagi kishilardir. Ularni achinarli taqdiridan har birimiz to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz lozim. Film tinch omon baxtli hayot kechirish ham, aksincha uni barbod qilish ham har bir insonning o‘z qo‘lida ekanini tasvirlaydi. Film talabalarda ana shunday taassurot qoldirdi.
Bizni kuzatishda davom eting!