Unda Termiz davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Toʻrayev, Kimyo fakulteti dekani H.To'rayev, fakultetning professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Oliygohda yaratilgan qulayliklar, sharoitlar, o‘quv jarayoni, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, fan, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv so'nggida ota-onalar va talabalar so'zga chiqib universitet hamda fakultet rahbariyatiga yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!