Xalqaro tajribalar yuksak marralarga yoʻl ochadi

Termiz davlat universitetida xorijiy oliy va oliy taʼlim muassasasalarining yuqori salohiyatli, tajribali olim hamda mutaxassislarini ilm-fan va taʼlim jarayoniga jalb etish boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi. Keyingi ikki yilda yuqori salohiyatli 73 nafar xorijiy professor-oʻqituvchi oʻquv-amaliyot ishlariga jalb qilindi. Universitetning 110 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilari xorijiy OTMda malaka oshirdi.

Soʻnggi 2,5 yilda 13,1 mlrd soʻm qiymatga ega davlat granti va xalqaro loyihalar bajarildi. Universitetda yana qator innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.  Hozirda Termiz davlat universiteti Malayziyaning bir qancha universitetlari bilan xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻygani ham universitet nufuzi, ilmiy salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda Malayziyaning Perlis, Terengganu va Utara universitetlaridan professor-oʻqituvchilar hamda talabalardan tashkil topgan delegatsiya TerDUda boʻlib turibdi. Dastlabki uchrashuv delegatsiya aʼzolari va universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektori R.Toʻrayev bilan boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda malayziyalik professor-oʻqituvchilar oʻz universitetlari haqida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, taqdimot davomida oliygohimizda ingliz tilini oʻrgatish markazini tashkil etish loyihasi boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Shundan soʻng, delegatsiya aʼzolari universitetda yaratilgan zamonaviy qulayliklar, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, 1850 oʻrinli yangi oʻquv binosida talabalarning jahon andozalari asosida tahsil olishlari uchun yaratilgan qulayliklarni mehmonlar alohida eʼtirof etishdi. Auditoriyalarda olib borilayotgan dars mashgʻulotlarida boʻlishdi. 

Eslatib oʻtamiz, delegatsiya aʼzolari 2 hafta davomida TerDUda boʻlib, talabalarga maʼruza –mashgʻulotlarini oʻtib berishadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 28

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 41

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 28

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil