Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi taʻlim shakliga oʻqishga qabul qilish boʻyicha suhbat oʻtkazildi.
Talabgorlar bilan uchrashuvda Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov hamda prorektorlar, mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Rektor bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganini takidlar ekan, bu boradagi fikr-mulohazalarini bildirdi. “Har bir inson hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun avvalo, sifatli talimga ega boʻlishi lozim. Chunki ta’lim va tarbiya taraqqiyot, rivojlanishining asosiy omili sifatida qadrlanib kelinadi. Bugungi ta’lim-tarbiya jarayonini kechagi holat bilan qiyoslab boʻlmaydi. Endilikda malakali mutaxassislar tayyorlashga boʻlgan talab va takliflar oʻzgardi. Yetishib chiqqan har bir mutaxassis nafaqat dunyo hamjamiyatidagi yetuk kadrlar bilan bemalol bahslasha oladigan, balki oʻz aytar soʻziga ega, turli tillarda mukammal soʻzlashadigan va sohasining barcha sir-asrorlarini oʻrgangan boʻlishi shart va lozim, dedi rektor oʻz soʻzida.
45 nafar abituriyentlar Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha), Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) jami 4 ta taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bilim va kasbiy koʻnikmarini koʻrsatishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!