Navbatdagi uchrashuv Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti talabalarining ota-onalari bilan o’tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev, fakultet dekani Y.Daniyeva, professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda oliygohda yaratilgan qulayliklar, sharoitlar, o‘quv jarayoni, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ota-onalar tomonidan turli fikr-mulohazalar bildirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Test jarayonlarida yuqori ball to’plagan talabalarning ota-onalari tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!