Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetiga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dekani A.Safarov, Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov, Matematik analiz kafedrasi mudiri M.Mirsaburov, professor-o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yoshlar psixologiyasi bo’yicha suhbat olib borildi. Ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!