Termiz davlat universitetida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi J.Sherdonaqulov va oliygoh yetkchisi I.Tolipovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida mamalakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy qulayliklar xususida so’z yuritildi.
Yakunda yuqori natija ko’rsatib, universitet talabasi bo‘lgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!