Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetiga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiyev, fakultet dekani J.Xolmo‘minov, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, talabalarga beriladigan imtiyozlar, yigit-qizlarni rag’batlantirish tizimi, talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish uchun tashkil etilgan to’garaklar va boshqa shu kabi muhim masalalar haqida ma’lumot berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!