Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi o'qituvchisi Panjiyeva Nodira Normaxmatovnani Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashning 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha “Mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda investitsion faollikni jadallashtirish yo‘nalishlari (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Fakultet jamoasi nomidan Nodira Normaxmatovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin.
Bizni kuzatishda davom eting!