Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti Professional ta'lim axborot tizimlari va texnologiyalari yo'nalishi talabalari “Tanishtiruv haftaligi” doirasida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Talabalar dastlab Axborot resurs markazida bo‘lib, kutubxonani ko’zdan kechirishdi. Navbatdagi manzil Qatag‘on qurbonlari muzeyi bo‘ldi. U yerda yigit-qizlar O‘zbekistonning o‘tmishi, mustaqillikka qadar xalqimizning boshidan kechirganlari, ozodlikka erishgandan so‘ng yurtimiz hayotida amalga oshirilgan islohotlar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatishda davom eting!