Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
2023-yil birinchi yarim yilligi davomida umumkasbiy va maxsus fanlardan 78 nomda 141 144 nusxadagi yangi o‘quv adabiyotlari nashr etildi hamda soha yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasalariga yetkazildi.
Texnologik yangilanishlar hisobida umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha 1260 nomdagi o‘qitish materiallari to‘plami respublika miqyosida ommalashtirildi.
Joriy yil yakuniga qadar umumkasbiy va maxsus fanlardan 117 nomda 60 601 nusxada o‘quv qo‘llanmalar nashr etilib, soha yo‘nalishlari bo‘yicha professional ta’lim muassasalariga yetkaziladi. Mazkur o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalaridan 151 nafar, professional ta’lim muassasalaridan 71 nafar professor-o‘qituvchi qatnashgan.