Bugun yurtimizdagi barcha taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga start berildi. Termiz davlat universitetida ham “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida oʻquv yili tantanali ravishda, koʻtarinki kayfiyatda boshlandi.
Yangi oʻquv yili ochilish marosimida Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov nutq soʻzlab, barcha yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar boʻlgani bilan tabrikladi. Ularga yangi oʻquv yilida yangi marralar, natijalarga erishini tilab, oʻquv yilini rasman ochdi.
Tadbirda soʻz olgan viloyat Nuroniylar kengashi raisi O.Soatov, viloyat xalq deputatlari kengashi a’zosi D.Suvonova yurtimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!