TerDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To‘rayev boshchiligida rektorat majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda universitet prorektorlari, dekanlar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda vazirlikdan tashrif buyurgan ishchi guruh universitetining 2023/2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlar hamda moddiy-texnik ta’minoti holati bilan atroflicha tanishib chiqib, bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida talabalarni ko‘tarinki ruhda kutib olish, dars jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalarda kerakli vazifalar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting!