Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Almardanova Salomat Bobonazarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashda 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. ixtisosligi bo‘yicha “Talabalar kasbiy shakllanishida koping strategiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy tadqiqi‘’ mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Salomat Bobonazarovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!