Termiz davlat universiteti talabalarining 2023/2024-o‘quv yilida yotoqxona va ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Markazda ko‘ngilli talabalar hamda tyutorlar turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishiga amaliy yordam bermoqdalar.
