Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi. Mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 30-iyulidan 30-avgustigacha yurtimizda “Obodonlashtirish oyligi” boʻlib oʻtmoqda.
“Obodonlashtirish oyligi” doirasida Termiz davlat universiteti hududida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
TerDU xodimlari hasharni bino atrofiga gul koʻchatlari va manzarali daraxt koʻchatlari ekish bilan boshladi. Atrof supurib-sidirildi, chang gʻuborlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Bir soʻz bilan aytganda oliygoh yangi oʻquv yilida talabalarni kutib olishga toʻliq tayyor holatga keltirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!