Yangi o‘quv yilida TTJlarda olib borilayotgan tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida TerDU yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev boshchiligida dekan o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlar bilan birgalikda oliygohdagi talabalar turar joylari ko’zdan kechirildi.
O‘rganish davomida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalarning tozaligi, texnika xavfsizligi qoidalari tekshirildi va bu borada zarur tavsiyalar berildi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tamizki, Termiz davlat universitetida 2695 sig‘imli 6ta TTJlar mavjud. Shu kunga qadar http://ttj.tersu.uz platformasi orqali 1000 nafardan ortiq talabalar TTJlar uchun arizalar yuborishgan. Shuningdek, 3000dan ortiq ijara xonadonlari shakillantirilgan bo‘lib, 500dan ortiq arizalar ijara xonadonlari uchun kelib tushgan. Arizalar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o'tamiz, onlayn ariza topshirish davom etmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar https://t.me/terdu340/21276 asosida yuqori kurs talabalari TTJga va ijara xonadonlariga joylashishlari uchun http://ttj.tersu.uz manziliga online ariza yuborib, ro'yxatdan o'tishlari kerak.
Bizni kuzatishda davom eting!