Yurtimizda hududlarni obodonlashtirish hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasini tashkil etish maqsadida 2023-yilning 30-iyulidan 30-avgustiga qadar “Obodonlashtirish oyligi” e’lon qilingan.
Ushbu “Obodonlashtirish oyligi” doirasida viloyatimizdagi barcha taʼlim muassasalari xodimlari oʼz hududlaridagi obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qoʼshish orqali kishilarda ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, ona tabiat hamda uning neʼmatlariga mehr-muhabbat hissini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyatini keng targʼib qilishmoqda.