Germaniyaning WWU-Münster Germanistika instituti professori, adabiyot kafedrasi mudiri, Erasmus loyihasi bo'yicha koordinator, doktor S.Royvekamp, Vuppertal universiteti professori, CEF markazi rahbari, doktor M.Martines, o'qituvchi-assistent S.Krauze, Myunster universiteti doktoranti S.Islomov, magistrant B.Akseki va Termiz davlat universiteti Roman German tillari kafedrasi mudiri, professor U.Imomovalar rasmiy uchrashuv o'tkazishdi.
Uchrashuv Erasmus+ loyihasi doirasida bo‘lib, 2024-yil avgust oyida o'tkaziladigan Sommerschule (yozgi maktab) tashkil etilishiga bag'ishlandi. Ushrashuvda Termiz davlat universiteti Roman German tillari kafedrasi o'qituvchilari va nemis tili yo'nalishi talabalari uchun 25 ta o'rin ajratilgani ma’lum qilindi. Ushbu yozgi maktabga kafedraning ko‘ngilli o‘qituvchilari va talabalari puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, Termiz davlat universiteti Roman German tillari kafedrasi mudiri, professor Umida Imomova xalqaro universitetlar ro'yxatida yuqori o'rinlarda turuvchi Germaniyaning Bremen shahridagi Gyote institutida 13 ta davlat vakillaridan iborat bo'lgan maxsus kursni muvaffaqiyatli yakunladi.
Loyiha doirasida kasbiy va til ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha seminar-trening darslari o'tildi.
Bizni kuzatishda davom eting!