Bu jarayonda abituriyentlar qatorida ota-onalarning ham hayajoni cheksiz. Zotan, har bir ota-ona uchun farzandining o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim olishi, hayotda va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi – juda muhim va eng katta baxtdir.
Farzandlari test sinovlarida ishtirok etayotgan ota-onalar bilan suhbatlashganimizda, ular mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini ta’kidlab, hukumatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar xususida ijobiy fikrlarni bildirdilar.
Termiz davlat universitetida tuzilgan volontyorlar guruhi tomonidan ko'rsatilayotgan ko'ngilli xizmatlardan ham ota-onalar mamnun ekanligini bildirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!