Termiz davlat universiteti tomonidan tuzilgan volontyorlar guruhi abituriyentlarga yaqindan yordam ko‘rsatib, test o‘tkaziladigan binolarni qiynalmay topishlarini ta’minlashmoqda.
Ota-onalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan Roʻzi Choriyev nomidagi sanʼat maktabida volontyorlar tomonidan treninglar, psixologik testlar o‘tkazilayotgani ham kuzatuvchilarning vaqti maroqli o‘tayotganini anglatadi.
Imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida jarayonlar to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!