TerDU volontyorlari imtihonda faol

Xabar berib borayotganimizdek, test sinovlari o’tkazilayotgan binolarda abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Jumladan, test jarayonlarining ochiq, shaffof oʻtishini onlayn kuzatish uchun maxsus zallar tashkil etilganligi va kerakli jihozlar bilan ta’minlanganligi ota-onalarni quvontirmoqda.

Bundan tashqari Termiz davlat universiteti volontyor yoshlari jamoasi ham faollik ko'rsatib abituriyentlarga tashkiliy masalalar va ularning yaqinlariga ko’ngilli yordam ko'rsatishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil