Xabar berib borayotganimizdek, 2023/2024-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Test sinovlari oʻtkazilayotgan binolarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar avvaldan hozirlangan. Ota-onalar uchun test jarayonlarining ochiq, shaffof oʻtishini onlayn kuzatish uchun maxsus zallar tashkil etilib, jihozlangan.

Bugun test sinovlarining uchinchi kunida Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov masʼul xodimlar bilan test sinovlari oʻtkazilayotgan joyga kelib, abituriyentlarning test savollarini toʻgʻri yechishiga omad tiladi. Ota-onalar uchun kuzatish zallarida yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirib, ular bilan dildan suhbatlashdi.

Eslatib oʻtamiz, Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlarning ota-onalari uchun Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga yaqin Roʻzi Choriyev nomidagi sanʼat maktabida kutish-kuzatish zallari tashkil etilgan. Barcha qulayliklarga ega salqin, keng,  shinam maxsus zallarda abituriyentlarning yaqinlari test jarayonlarini onlayn kuzatmoqda.

Shuningdek, kuzatuvchilarning vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda tashkiliy masalalarda koʻmak berish maqsadida Termiz davlat universitetining volontyorlar guruhi faollik koʻrsatmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil