Eslatib o’tamiz, Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar 840 o’rinli yopiq binoda salqin sharoitlarda test topshirishmoqda.
Imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari uchun Ro‘zi Choriyev nomidagi san’at maktabida salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar tashkil etilgan. Rektor ota-onalar bilan bevosita suhbatda bo’lib, ularning taklif va fikrlarini tingladi.
Tabiiyki, abituriyentlar qatorida ota-onalarning ham hayajoni cheksizligi ularning yuz-ko’zlarida namoyon. Kuzatuvchilarning vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda tashkiliy masalalarda ko’mak berish maqsadida Termiz davlat universitetining volontyorlar guruhi faollik ko’rsatmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!