Bugun, 2-avgust kuni 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni.
Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov va mas'ul xodimlar abituriyentlarga omad tilashdi hamda farzandlarini kuzatish maqsadida tashrif buyurgan ota-onalar bilan suhbatlashdi. Ro‘zi Choriyev nomidagi san'at maktabida kuzatish zallarida yaratilgan sharoitlar haqidagi taklif va firlarini tingladi.
Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test topshirayotgan 840 o’rinli binolarda barcha sharoitlar yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari http://test2023.uz orqali test sinovlarini istalgan joydan onlayn kuzatib borishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!