Viloyat hokimi o’rinbosari Ilhom Safarov hamda Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov abituriyentlarga omad tiladi hamda ota-onalar uchun kuzatish zallarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 840 o‘ringa mo‘ljallangan binolarda barcha sharoitlar yaratilgan.
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari http://test2023.uz orqali test sinovlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting!