Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi o'qituvchisi Qarshiyeva Bogʻdagul Faxriddinovnani Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Texnika yoʻnalishi talabalariga ingliz tili fanini integral bilingval oʻqitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Bogʻdagul Faxriddinovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimаlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!