Seminar_trening

24-25-iyul kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligida AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Intellektual mulk siyosati va texnologiyalar transferi" mavzusida seminar-terning bo'lib o'tdi.

Seminarda ixtirolar va intellektual mulkni boshqarish, amaliy tadqiqotlar bo’yicha guruh ishi, Kornell universiteti vakili Richard Cahoon bilan savol-javob sessiyasi, Intellektual mulk huquqlarini “PSRI”dan xususiy sektorga samarali o‘tkazish uchun asos yaratish, texnologiyalar transferi va davlat-xususiy sheriklik kabi masalalarda davra suhbatalari olib borildi.

Unda Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti katta o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Dilnoza Alaudinova qatnashdi va faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil