Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximovning Chexiya universitetlariga xizmat safari davom etmoqda. Xususan, bugun Termiz davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti rektorlari Karlova universiteti kutubxonasi bilan batafsil tanishib chiqishdi.
Shundan so’ng, Karlova universiteti Arxeologiya ilmiy tekshirish markazi direktori bilan uchrashib, markazda amalga oshirilgan ishlar, ilmiy natijalar bilan o‘rtoqlashildi.
Termiz davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti va Karlova universiteti mutaxassis olimlari va tadqiqotchilari hamkorligida Yerqo‘rg‘on tarixiy arxeologik majmuasi, Nasaf (Naxshab) qadimiy manzilgohi, Surxon-Sherobod vohasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish, tadqiqotlar olib borish, o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting!