“Tourism English for Uzbekistan”

Termiz davlat universiteti xalqaro hamkorlik boʻlimi va Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi oʻrtasidagi hamkorlik asosida 500 nusxada “Tourism English for Uzbekistan” nomli oʻquv-qoʻllanma universitet kutubxonasiga hadiya qilindi. AQShning Vayoming universiteti va AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida chop etilgan ushbu oʻquv-qoʻllanma Oʻzbekistondagi turizm salohiyati va imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlar, shu sohaga oid atamalar, matn va mashqlar hamda turizm yoʻnalishi talabalarining ingliz tili koʻnikmasini rivojlantirish uchun foydali boʻladigan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. 

Endilikda talabalarda ushbu oʻquv-qoʻllanma hamda boshqa yangi kelgan barcha adabiyotlardan universitet kutubxonasida foydalanish imkoniyati mavjud.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil