Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximovning Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi Kredit mobilligi (Credit Mobility) xalqaro loyihasi doirasida Janubiy Chexiya universitetiga safari davom etmoqda. Xususan, TerDU rektori xizmat safari davomida Janubiy Chexiya universiteti Pedagogika fakulteti dekani, tabiiy fanlar doktori, dotsent Yelena Koldova bilan uchrashdi. Muloqotning bosh mavzusi pedagogik ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.
Janubiy Chexiya universiteti Pedagogika fakultetida asosan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim bakalavrlari qatorida, 30 dan ortiq mutaxassisliklar, ya’ni aniq, tabiiy va ijtimoiy – gumanitar fanlari bo‘yicha maktablarning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun pedagogik kadrlar tayyorlanadi. Uchrashuvda ushbu tajribalarni Termiz davlat universitetida tatbiq etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Janubiy Chexiya universitetida maktab o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasi, xususan, pedagogika-psixologiya yo'nalishlarida, umumta’lim maktablarida matematika va fizika fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash, amaldagi o‘quv reja va dasturlarni qo‘llash, o‘zaro tajriba almashish, Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilarini Termiz davlat universiteti o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Tashrif davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!