Janubiy Chexiya universiteti bilan memorandum imzolandi

Ayni paytda Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov xizmat safari bilan Chexiyada bo'lib turibdi. Rektor Chexiyaga tashrifi doirasida Janubiy Chexiya universiteti rektori, professor Bohumil Jiroušek bilan uchrashdi.

Rasmiy uchrashuv davomida professor-oʻqituvchi va talabalarning almashinuvi dasturlari, ilmiy innovatsion yoʻnalishlarda hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, magistrant va tayanch doktorantlarning ilmiy ishlariga hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalaridagi yetakchi olim va professorlarni ilmiy rahbar sifatida tayinlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. 

Janubiy Chexiya universiteti 1991-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda universitetda 230 dan ortiq dasturlar, jumladan, bakalavriat va magistratura, shuningdek, doktorantura dasturlari bo‘yicha 8 ta turli bo‘limlarda 9000 nafarga yaqin talabalarga ta’lim berilmoqda. Universitet tabiiy, inson, sog'liqni saqlash va ijtimoiy fanlar bo'yicha ta'lim va tadqiqotlarga ixtisoslashgan yuqori sifatli fan va tadqiqot markazidir. Shuningdek, pedagogika-psixologiya yo'nalishlari

The Young University Rankings 2022da Janubiy Chexiya universiteti jahon va Chexiya miqyosida 251–300-oʻrinlarni va Chexiya Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari kontekstida 1-reytingni egalladi. Bundan tashqari, QS World University Rankings 2023-yilda 701-750-oraligʻidagi oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. 

Aytish kerakki, mazkur kelishuvlar ta'lim tizimida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikkita universitet oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyatga ega.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil