KELAJAK BUNYODKORLARI EʼTIBORDAN MAMNUN.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar bandligini taʼminlash, sifatli taʼlim bilan qamrab olish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etib, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻlom fikrlashlariga zamin yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.

Buning uchun eʼtiborga muhtoj 50 nafardan yosh har bir mas’ul rahbarlarga biriktirilib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ish tashkil etish topshirigʻi berildi.  

Jumladan, Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximovga Denov tumanidan 50 nafar “qizil” toifadagi imkoniyati cheklangan yoshlar biriktirilgan edi.  Universitet rektori va tashkil etilgan ishchi-guruh Denov tumanida boʻlib, doimiy ravishda “qizil” toifadagi imkoniyati cheklangan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning muammolarini oʻrgandi. Rektorga biriktirilgan yoshlar bilan oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvda yigit-qizlarning muammolari va ehtiyojlariga koʻra oʻzlari soʻragan 21 turdagi turli texnik jihozlar topshirildi.

Denov tumanidagi “Yangi kuch” mahallasida istiqomat qiluvchi Narzulla Otamurodov II-guruh nogironi boʻlishiga qaramay mehnat qilib, oilasiga daromad keltirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Bugun Narzullaning quvonchi cheksiz, motokultivatorni uyiga olib kelishlari bilan dalaga ishga tushib ketdi. U yoshligidan texnikaga qiziqqani bois boʻlsa kerak motokultivatorni boshqarishda hech qanday qiyinchilik sezmadi. Bugun Narzulla Otamurodov singari 50 nafar yigit-qizlarning quvonchi cheksiz. Endi ularning ham oʻz daromad manbai bor.  

Shuningdek, “Qizil toifa”dagi yoshlarning muammo va takliflari oʻrganilgach, 1 nafar yosh bepul tayyorlov kursiga joylashtirildi. 5 nafari doimiy davolanish uchun zarur mablagʻ bilan taʼminlanmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil