TerDU va Hanshin universiteti o'rtasida memorandum imzolandi

Termiz davlat universitetiga Janubiy Koreyaning Hanshin universiteti Xalqaro hamkorlik markazi direktori Ox Su Yun va markaz mutaxassislari professor Choy Min Son,  professor Chun Yon Sulardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Muloqot davomida Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasida iqtisodiy-ijtimoiy, taʼlim tizmidagi hamda madaniy-maʼrifiy yoʻnalishlarda  samarali aloqa oʻrnatilganligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Bundan tashqari universitetda taʼlim sifatini rivojlantirishda Koreya tajribasidan keng foydalanish va shu bilan birga ikki oliygoh oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etishini aytib oʻtdi.  

Uchrashuvda shuningdek, Termiz davlat universiteti va Hanshin universiteti oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, kelajakda koreyalik mutaxassislarni universitet oʻquv jarayoniga jalb etish, koreys tilini oʻrgatish markazini yoʻlga qoʻyish, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma dasturlar ochish hamda talabalar almashinuvi dasturlarini tashkillashtirish shartlari koʻrib chiqildi.  

Uchrashuv yakunida TerDU va Hanshin universiteti oʻrtasida professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan memorandum imzolandi.

Uchruv doirasida mehmonlar talabalarning munosib shart-sharoitlarda tahsil olishlari uchun universitetda yaratilgan zamonaviy qulayliklar va jahon standartlari asosida bunyod etilayotgan binolarning loyihalari bilan yaqindan tanishdi. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil