Termiz davlat universiteti rektorat majlislar zalida rektor huzurida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi

TerDU rektori, professor A.Maraximov boshqarib borgan yigʻilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash va oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari hamda professor – oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Dastlab rektor A.Maraximov bugungi kunda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, kadrlar salohiyati, fakultetlarning ilmiy darajasini oshirish haqida gapirib oʻtdi.

Yigʻilish kun tartibidan oʻrin olgan bir qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, 2023/2024-oʻquv yili uchun talabalarni qabul qilish, ijodiy imtihonlarni yuqori saviyada, shaffof va adolatli oʻtkazish, fakultetlar va kafedralarning 2022/2023-oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlari va yangi oʻquv yiliga tayyorgarligi yuzasidan axborotini shakllantirish va turli masalalar haqida soʻz bordi.

Yakunda kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha qarorlar chiqarildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 32

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil