Termiz davlat universitetida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rasul To‘rayev hamda Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmonzoda Abdudjabbor Aziz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda dastlab, Termiz davlat universitetida talabalarga yaratilgan qulay va zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot beruvchi rolik namoyish etildi.
Shundan so‘ng, bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, TerDU 10 dan ziyod Tojikiston universitetlari bilan hamkorlik aloqalrini yo‘lga qo‘yganligi va bu aloqalar oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari va bir qator loyihalarni amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgani aytib o’tildi.
Qolaversa, bakalavr hamda magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalarni Tojikiston oliy oʻquv yurtlariga oʻz mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim olishi, Tojikiston-Oʻzbekiston madaniyatini oʻrganish bilan bir qatorda o‘zaro bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, bundan tashqari ikki OTM professor-o‘qituvchilarining ilmiy va ijodiy ishlarini yosh avlodga yetkazish kabi masalalarni yanada kengaytirish borasida oʻzaro takliflar bildirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!