Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida uchrashuv tashkil etildi. Unda senator va shoir Iqbol Mirzo, Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov, Janubi gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi mas'ul ofitserlar, jamoatchilik kengashi aʼzolari harbiylar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan universitet rektori, professor A.Maraximov bugungi kunda harbiy xizmatchilarga va ularning oila aʼzolari, farzandlari uchun davlat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlarni alohida eʼtirof etdi. Shundan soʻng "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolariga oliy harbiy bilim yurti muassasalariga oʻqishga kirish uchun 5 foizli tavfsiyanomalar topshirildi.
Tadbir yakunida oʻquvchi yoshlar va jamoatchilik kengashi aʼzolari harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy texnikalar koʻrgazmasi hamda harbiy qism muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
Bizni kuzatishda davom eting!