Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti majlislar zalida "President Tech Award" tanlovi bo'yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarga tanlov yo‘nalishlari va unda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Talabalar o’zlari qiziqqan savollariga javob olishdi va eng faollari mukafotlarga ega bo‘lishdi.
“President Tech Award” – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or startap loyihalarini e’tirof etuvchi tanlov. U quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
— sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
— ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;
— axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
— tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
— kompyuter va mobil o‘yinlar.
Arizalar 1-iyulga qadar https://awards.gov.uz maxsus portali orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzatishda davom eting!