Ayni kunlarda Qozon federal universiteti Psixologiya va ta’lim institutining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zamonaviy muammolar sharoitida tadqiqot va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish” dasturi asosida o’tkazilayotgan malaka oshirish kursida Termiz davlat universitetining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Mazkur malaka oshirish kursi oliy ta’lim sifatini oshirish va xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash, tajriba va hamkorlik samaradorligini oshirish kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan.
Kelgusida bunday o‘quv kurslarini turli shakllarda, masalan, masofaviy shaklda, ko‘chma kurs ko‘rinishida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!