Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Roman-german tillari kafedrasi o'qituvchisi Imamova Umida Muzaffarovnani chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarda innovasion texnologiyalar asosida kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Imamova Umida Muzaffarovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Bizni kuzatishda davom eting!