"Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!"

"Yoshlar kuni" munosabati bilan Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan shahrimizdagi "Bolajon" bog'ida "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida "Munozara" intelektual o‘yini tashkil etildi.

Unda viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalarining talaba-yoshlari faol ishtirok etdi. 

Shiddatli kechgan bahsda:
1-o'rin Termiz davlat universitetining "Gumata" jamoasi
2-o'rin Termiz davlat universitetining  "Yangi avlod" jamoasi
3-o'rin Termiz muhandislik-texnologiya instituti jamoasiga nasib etdi.

Yakunda g'olib bo'lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 33

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil