Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi Qarshiyev Islom Maxmarahim o‘g‘lini Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashda 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha “Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining hududiy joylashuvi va etnomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Islom Maxmarahim o‘g‘lini ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!