Xabaringiz bor, har oʻquv yili yakunida barcha OTMlarda "Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, bitiruv malakaviy ish himoyalari boʻlib oʻtadi.
Termiz davlat universitetida ham bitiruvchi kurslar uchun mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat imtihon jarayonlari oʻtkazilmoqda.
Bugun Xorijiy til va adabiyoti: ingliz hamda nemis tili taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilari mutaxassislik fanlaridan davlat imtihonlarini topshirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!