Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti Fizikaviy kimyo kafedrasi mudiri, dotsent Xolnazarov Baxodir Azamovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli ilmiy kengashda 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Tabiiy polisaxaridlar sopolimerlari asosida yuqori bo‘kuvchan va bioparchalanuvchan gidrogellar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Bahodir Azamovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!