Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov Malayziyaga tashrifi doirasida Malayziyaning Terengganu universiteti rektori, professor Mazlan bin Abd Gaffar bilan uchrashdi.
Rasmiy uchrashuv davomida professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalar almashinuviga erishish, ilmiy loyihalar ustida ishlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Aytish kerakki, mazkur kelishuvlar ta'lim tizimida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ikkita universitet oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyatga ega.
Bizni kuzatishda davom eting!